28 sen 12:43
Yangiliklar
Futbol

Maradonaning sobiq rafiqasi Argentina afsonasini sudga beradi
Argentina futboli afsonasi Diego Maradonaning yana sud oldida ko'rsatma berishiga to'g'ri keladi.
Gap shundaki, uning sobiq rafiqasi Klaudiya Vilyafanya Diegoni noqonuniy ravishda dunyoga kelgan yana bir farzandi sabab uni sudga bermoqchi.
Bir muddat avval Maradona 29 yoshli kichik Diegoni rasman o'g'li sifatida tan olgandi. Endi esa 15 yoshli Santyago Lara ismli o'smir ham otasi Maradona ekanligini oshkor qildi. Maradona esa bu iddaoni inkor etmadi.
Tabiiyki, Klaudiya bundan g'azab otiga mindi va sobiq erini manaviy zarar etkazganligi uchun sudga bermoqchi. Vilyafanining xonimning advokati Fernando Burlando tez orada sud jarayoni boshlanishini malum qildi.
Havola :
Fikrlar