10 avg 14:00
Yangiliklar
Engil atletika, Parij-2024
Marafonchimiz SHohruh Davlatov Parij Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi
Engil atletika bo'yicha erkaklar o'rtasidagi marafon dasturi g'oliblari aniqlandi.
42 km, 195 metr masofaga kechgan bahsda efiopiyalik Tamirat Tola yangi Olimpiya rekordi (2:06.26) bilan marraga birinchi bo'lib etib keldi. Kumush medal belgiyalik Bashir Abdiga (2:06.47) nasib etgan bo'lsa, keniyalik Benson Kipruto (2:07.00) kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Hamyurtimiz SHohruh Davlatov esa 30-kilometrdan so'ng o'zini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishga etib bora olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar