02 fev 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Marat Qurbonov: "SHerzod Toshmatov qo'l ostida yutuqlarga erishdik"
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasida mamlakat boks federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
Biroz avval tadbirkor Saken Pulatovning O'zbekiston boks federaciyasi vice-prezidenti etib saylangani haqida xabar bergan edik. Yig'ilishda terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov so'zga chiqdi.
"SHu kungacha SHerzod Toshmatov qo'l ostida ulkan yutuqlarga erishdik. Rio Olimpiadasi, jahon va Osiyo chempionatlari, Osiyo o'yinlari, shuningdek, ko'plab nufuzli xalqaro turnirlarda misli ko'rilmagan g'alabalarni qo'lga kiritdik. Bundan keyin ham shu ruhda ishlashda davom etamiz", - dedi Qurbonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar