04 dek 11:26
Yangiliklar
Tennis

Marat Safin Londondagi turnirda vice-chempion bo'ldi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi rossiyalik Marat Safin London shahrida o'tkazilgan faxriylar o'rtasidagi turnirda finalgacha etib bordi.
Safin har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan ushbu musobaqaning final uchrashuvida ispaniyalik ispaniyalik Xuan Karlos Ferreroga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ushbu turnirning juftlik bahslarida g'oliblik Mansur Baxrami va Mark Filipussisga nasib etdi. Ular final bahsida Mikael Pernfors va Patrik Rafterdan ustun kelishdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar