17 iyu 08:30
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1403_220.jpg)
Marat Safin Xalqaro tennis shon-shuhrati muzeyiga qabul qilindi
Rossiyalik tennischi Marat Safin Nyu-Yorkdagi Xalqaro tennis shon-shuhrati muzeyiga qabul qilindi.
Bu bilan Safin ushbu nufuzli muzeyga kiritilgan ilk rossiyalik sportchiga aylandi. Safindan tashqari belgiyalik tennischi Jyustin Enen ham Xalqaro tennis shon-shuhrati muzeyiga qabul qilindi.
Eslatib o'tamiz, Marat Safin faoliyati mobaynida ikki bor “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarda bosh mukofotni qo'lga kiritgan. 2000 yili AQSH Ochiq chempionati, 2005 yilda esa Avstraliya Ochiq chempionatida bosh mukofotga ega chiqqan. ATP doirasidagi 15ta turnirda zafar quchgan.
Havola :
Fikrlar