14 okt 17:30
Yangiliklar
Mareska "Man Siti" ishi haqida o'z fikrini bildirdi
Eslatib o'tamiz, APLning mustaqil komissiyasi klubni 2009–2018 yillar oralig'ida moliyaviy qoidalarni 114 marta buzganlikda aybdor deb topgan edi. "SHaharliklar" bu qaror bilan kelishmasdan, apellyaciya shikoyatini kiritishgan.
Bugun "Man Siti" CHempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi.
— Men ko'p marta aytganman, batamom xotirjam va vazminman. Ishontirib aytamanki, meni o'yin rejasi va kundalik mashg'ulotlar juda ko'p o'ylantiradi, ammo nazorat qila olmaydigan narsalarim uchun xavotir olmayman. Futbolchilarga etkazadigan xabarimiz avvalgidek bo'ladi — biz vaziyatning jiddiyligini anglaymiz, lekin shu bilan birga bu biz tasir ko'rsata oladigan holat emas. Qaerdaki biror narsa qila olsak, bu faqat maydondagi ishlardir, shuning uchun etiborimni aynan shunga qaratishni afzal bilaman.
"Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin ham aytgandim, jamoa atrofida shov-shuv juda ko'p, lekin biz buni engib o'tib, g'alabalarimiz atrofida shov-shuv ko'tarishimiz kerak, — dedi Mareska.
Fikrlar