25 jan 16:37
Yangiliklar
Tennis

Marin CHilich Avstraliyada finalga chiqdi
Dunyoning oltinchi raqamli tennischisi Marin CHilich Avstraliyadagi "Ulkan toj" finalchisiga aylandi.
Xorvatiyalik tennischi yarim finalda britaniyalik Kayl Edmundga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 18 daqiqa davom etgan o'yinda CHilich 6:2, 7:6, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi va Australian Open finaliga chiqdi.
Endi u bosh mukofot uchun Federer - CHon o'yini g'olibiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar