06 jan 13:53
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapova: Hozir ko'proq sog'lig'im haqida o'ylayapman
Rossiyalik Mariya SHarapova mavsum rejalari bilan o'rtoqlashdi.
SHarapova yangi mavsum rejalari xususida gapirar ekan, Tokio-2020 Olimpiadasiga ham to'xtalib o'tdi.
“Kelasi mavsum bo'yicha hozir hech narsa deya olmayman. Xatto o'ylashni ham istamayman. O'tgan mavsum men uchun omadsiz bo'ldi. Turnirlarda jarohat sabab ko'ngildagidek ishtirok eta olmadim. Bu yil uchun asosiy maqsadim - “Katta Dubulg'a” turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, sog'lig'im haqida ko'proq o'ylash”, - dedi SHarapova Tennis World USA nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar