01 fev 11:23
Yangiliklar
Dzyudo
Marjona Nurulloeva Sofia European Open 2026 sovrindori
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo'yicha 2026 yilgi mavsumning ilk IJF musobaqasi - Sofia European Open bo'lib o'tmoqda.
Unda dunyoning 5 qitasi 39 davlatidan jami 385 (237 erkak, 148 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar yo'lida bahslarga kirishdi.
Quvonarlisi, musobaqaning ilk kuni terma jamoamizning -63 kg vazn toifasidagi azosi Marjona Nurulloeva bronza medalini qo'lga kiritdi. U saralash bellashuvlarida Xorvatiya va Bolgariya dzyudochilarini mag'lubiyatga uchratdi.
Murosasiz kechgan yarim final bahsida yaponiyalik Honoka Kimuraga imkoniyatni boy bergan Nurulloeva bronza uchun kechgan bellashuvda franciyalik Klara Ventclerdan ustun keldi.
SHu tariqa, Marjona Nurulloeva O'zbekiston terma jamoasiga 2026 yil hisobidan ilk medalni taqdim etdi.




Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar