So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

30 sen 13:36
Yangiliklar

SHaxmat

"Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali" yakunlandi. Abdusattorov hamda Yoqubboeva chempion! FOTO + VIDEO

Joriy yilning 20-29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida “MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” bo'lib o'tdi.

Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O'zbekiston Respublikasi  hukumati ko'magida tashkil qilinib, O'zbekiston SHaxmat Federaciyasi tomonidan tashkil qilindi.

“MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” doirasida 3 turnir bo'lib o'tdi. Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) bo'yicha uch guruhda va maktab o'quvchilari o'rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

Federaciyalarni rivojlantirish dasturi bo'yicha, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federaciyalariga o'z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etildi.

Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Qozog'iston, Afg'oniston va O'zbekistondan umumiy 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishdi.

O'zbekiston SHaxmat federaciyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, mukofot jamg'armasi 12.000 evro bo'lgan festivalda, standart yo'nalishida g'olib bo'lgan o'g'il bolalarga 3000 evro, qiz bolalarga esa 1500 evro pul mukofoti berildi.

Qizlar o'rtasidagi g'oliblar:
1. Yoqubboeva Nilufar (O'zbekiston) 1500 evro
2. Balabaeva Xeniya (Qozog'iston) 700 evro
3. Saparova Sitora (O'zbekiston) 500 evro
4. Salimova Asal (O'zbekiston) 400 evro
5. Abdusattorova Bahora (O'zbekiston) 200 evro
6. Omonova Umida (O'zbekiston) 100 evro

O'g'il bolalar o'rtasidagi g'oliblar:
1. Abdusattorov Nodirbek (O'zbekiston) 3000 evro
2. Yoqubboev Nodirbek (O'zbekiston) 2000 evro
3. Saydaliev Saidakbar (O'zbekiston) 800 evro
4. Vohidov SHamsiddin (O'zbekiston) 700 evro
5. Sindarov Javoxir (O'zbekiston) 600 evro
6. Atabaev Saparmurod (Turkmaniston) 500 evro
7. Agmanov Jandos (Qozoqiston) 400 evro
8. Nurmamedov Azat (Turkmaniston) 300 evro
9. Kasimov Ali (O'zbekiston) 200 evro
10. Isomov Umar (O'zbekiston) 100 evro

Ushbu turnir FIDE, O'zbekiston SHaxmat federaciyasi bilan RosAtom hamkorligidigai ilk turnir bo'ldi.


TAS-IX emas




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing