So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

21 sen 16:44
Yangiliklar

SHaxmat

"Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali"dan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun, 21 sentyabr kuni Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali" start olgani haqida xabar berdik.

O'zbekiston SHaxmat federaciyasi vice prezidenti, 3.4 zona prezidenti, xalqaro toifadagi hakam, ushbu festival bosh hakami Husan Turdaliev, FIDE prezidenti maslahatchisi va Osiyo shaxmat Federaciyasi rahbarining o'rinbosari Berik Balgabaev hamda Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi direktori Sobirov Farhod ishtirok etishdi va jurnalistlarning savollariga javob berishdi.



"RosAtom" korporaciyasi homiyligida Markaziy Osiyoning olti mamlakatidan kelgan 50ga yaqin shaxmatchilar o'rtasida yoshlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov, Bahora Abdusattorova, Umida Omonova va Sitora Saparova kabi tajribali shaxmatchilar ishtirok etishadi.

Bu yilgi musobaqa taqvimda yo'q edi va tayyorgarlik uchun juda vaqtimiz kam edi. Keyingi yillarda agar bu musobaqa yana Toshkentda o'tkazilsa boshqa mamlakatlardan ham kuchliroq bo'lgan shaxmatchilarni albatta taklif etamiz", - dedi Husan Turdaliev.



"O'zbekistonda shaxmat rivojlanishini diqqat bilan kuzatib boramiz. Mamlakatingizda yosh shaxmatchilarni tarbiyalashda eng oldingi qatorlarga chiqib olgani shubhasiz.

O'zbekistonda Jahon chempionati o'yinini o'tkazish mumkinmi? Bilasizmi, bu juda ham qimmat musobaqa hisoblanadi. Agar o'zbekistonlik shaxmatchi mana shu o'yinda ishtirok etsa buning imkoniyati juda yuqori bo'ladi.

RosAtom bu yil 4ta mamlakatda o'z musobaqalarini o'tkazishga qaror qildi. Bular Finlyandiya, Bangladesh, O'zbekiston va Turkiya. Vaqt juda kam edi, ammo shunga qaramay tashkilotchilikni yuqori saviyada o'tkazayotgani uchun O'zbekiston shaxmat Federaciyasiga minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu festival doirasida federaciyalarni rivojlantirish dasturi bo'yicha, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federaciyalariga o'z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.



Maktablarda shaxmat fani kiritilishiga qanday qarayman? Sobiq Ittifoq davlatlari orasida birinchilardan bo'lib Armanistonda bu narsa amalga oshirib bo'lingan. U erda xatto shaxmat instituti ham bor. Rossiyada esa hususiy maktablarda 100 foiz shaxmat fani bor, davlat maktablarda esa ko'pchiligida jismoniy tarbiya faniga qo'shimcha tarzda shaxmat kiritilgan.

Alcgeymer (xotira pasayishi) kasalligi bilan og'riganlarga afsuski hozirgi kunda hech qanday davo yo'q. Biroq shaxmat sport turi bilan shug'ullangan insonlarda bu kasallik kamdan-kam uchraydi. Bu isbotlangan narsa. SHunday ekan siz jurnalistlar shaxmat sport turi qanchalik foydali ekani haqida barcha joyda yozinglar, aytinglar", - dedi Berik Balgabaev.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing