17 dek 13:27
Yangiliklar
Futbol
Markinos faoliyatini PSJda yakunlashni xohlaydi
PSJ rejalariga braziliyalik himoyachi Markinos bilan xayrlashish kirmaydi.
Bu haqda francuz klubi sport direktori Leonardo xabar bermoqda.
"Markinos doimo biz bilan qoladi. U ketish haqida umuman o'ylamaydi", - deydi boshqaruvchi.
Sport direktori futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar ketayotganini qayd etdi. Amaldagi shartnoma 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Braziliyalik 2013 yildan beri PSJda o'ynaydi. U umumiy hisobda jamoa tarkibida 342ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar