06 mar 12:52
Yangiliklar
Dzyudo

Marko Spittka bilan chiroyli xayrlashildi + FOTO
O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov mamlakat ayollar terma jamoasida uzoq muddat samarali faoliyat yuritgan murabbiy Marko Spittka bilan uchrashdi.
Germaniyalik mutaxassis O'zbekistonda ayollar dzyudosining o'sish dinamikasiga o'z hissasini qo'shgan murabbiylardan hisoblanadi. Diyora Keldiyorovaning Olimpiada chempioni bo'lishida ham janob Spittkaning xizmati katta bo'lgan. Oilaviy sabablarga ko'ra germaniyalik mutaxassis faoliyatini o'z mamlakatida davom ettirishga qaror qildi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi Marko Spittkaning bu qarorini hurmat qiladi. Uning kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Federaciya raisi Azizjon Kamilov hurmat belgisi sifatida Spittkaga bir necha yillik hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi va unga zarbop chopon kiydirdi.
Marko Spittka faoliyatini Germaniya ayollar terma jamoasida davom ettiradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar