09 mar 11:43
Yangiliklar
Marokash Gran-Prisi. Birinchi kungi bahslardan so'ng BIRINCHImiz!
Marokash Gran-Prisida dunyoning 5 qitasi 71 davlatidan jami 487 dzyudochi medallar hamda muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqmoqda. Mamlakatimiz sharafini 14 nafar polvonimiz himoya qilyapti.
Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kungi bahslari terma jamoamiz uchun kutilganidan ham omadli keldi. Bir yo'la ikki dzyudochimiz o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritishdi.
-60 kg vaznda SHarofiddin Lutfullaev, -66 kilogramda esa Sardor Nurillaev Marokash Gran-Prisi g'olibiga aylandi. Birinchi kungi bahslardan so'ng O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 2 ta oltin medal va bitta 5-o'rin bilan birinchi o'rinni egallab turibdi.
Bittadan oltin, kumush va bronza medaliga ega bo'lib turgan Ispaniya terma jamoasi ikkinchi pog'onadan joy olgan. Franciya va Xitoy Taypeyi dzyudochilari birinchi kungi bahslarda bittadan oltin medalni qo'lga kiritishdi. Hozir jami 14ta jamoa hisobida kamida bittadan bronza medali bor.
Fikrlar