09 mar 22:36
Yangiliklar
Dzyudo
Marokash Gran-Prisi. Boltaboev 5-o'rin bilan kifoyalandi
Marokash Gran-Prisining ikkinchi kungi bahslari yakuniga etib boryapti.
Musobaqaning -81 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHarofiddin Boltaboev to'rtta uchrashuvda g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Afsuski, final ostonasida u turkiyalik Vedat Albayrakka imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHarofiddin bronza medali uchun kechgan uchrashuvda esa greciyalik Aleksios Ntanacidisga yutqazdi. Bu bilan u musobaqani 5-o'rinda yakunladi va o'z hisobiga qimmatli ochkolarni yozib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar