So’nggi yangiliklar

15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0

11 mar 09:08
Yangiliklar

Dzyudo

Marokash Gran-Prisi. O'zbekiston umumjamoa hisobida IKKINCHI bo'ldi!

Marokash davlati mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.

Marokash Gran-Prisining so'nggi kuni terma jamoamiz g'aznasi bitta bronza medali hisobiga boyidi. -100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhammadkarim Xurramov musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. Xurramov avvaliga o'tish bahsida kanadalik SHedi Alnaxasni mag'lubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun kechgan uchrashuvda esa estoniyalik Grigori Minaskindan ustun keldi. Bu bilan Muhammadkarim terma jamoamizga to'rtinchi medalni taqdim etdi.  

Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Hikmatillo To'raev ham bronza medaliga sazovor bo'lgandi. U bronza uchun kechgan uchrashuvda turkiyalik Bilal CHilogluni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Marokash Gran-Prisining ilk kungi bahslarida SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) va Sardor Nurullaev (-66 kg) o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal bilan taqdirlanishgan edi. Uch kunlik musobaqa yakunida dzyudochilarimiz 2ta oltin, 2ta bronza, 2ta 5-o'rin bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. 

Marokash Gran-prisida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimiz:

Oltin – SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) va Sardor Nurullaev (-66 kg)

Bronza – Hikmatillo To'raev (-73 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg)

Bizdan musobaqaning so'nggi kuni Germaniya terma jamoasigina o'zib keta oldi. Olmonlar Marokashdan 2ta oltin, bitta kumush, 4ta bronza medali bilan qaytadigan bo'lishdi. Ular hisobida yana 3ta 5-chi va bitta 7-o'rin ham bor. Kuchli uchlikka Franciya terma jamoasi yakun yasadi. Faranglar 2ta oltin va bitta kumush medalga sazovor bo'lishdi. 

SHuningdek, Ispaniya, Turkiya, Irlandiya, Bolgariya, Rossiya, Sloveniya, Serbiya, Xitoy Taypeyi, jami 11ta mamlakat dzyudochilari bitta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Jami 31ta jamoa vakillari hisobida kamida bittadan bronza medali bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing