06 sen 09:59
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/44762_220.jpg)
Marselo: “Oxirigacha “Real”da qolaman”
"Real" etakchilaridan biri Marselo madridliklar safini tark etmasligini malum qildi.
“Men Madridda baxtliman. Odamlar meni qanday holatda ekanligimni yaxshi biladi: ko'p yillik shartnomam bor va bu erda ekanligimdan juda baxtliman. Bu men uchun dunyodagi eng zo'r klub va men doim uning uchun to'p surishni xohlayman.
“Real”da ko'p yillar to'p surishni istardim. Hozir men o'zim haqimda 18 yoshda bo'lgan paytimga qaraganda ko'proq qayg'uraman. Bu kundek ravshan. Ijtimoiy tarmoqlar o'zim haqimda yozilgan bemani narsalarning guvohi bo'laman, biroq har safar maydonga 18 yoshli Viniciusdek tushib kelaman. Men “Real”da oxirigacha qolaman”, - dedi Marselo.
Avvalroq, Marseloning jamoadan ketib, “Yuventus”ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar