So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

28 fev 18:47
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Martabali mehmonlar Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni bilan tanishishdi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federaciyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam hamda Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti Osama Al SHafar poytaxtimizda bo'lib turibdi.

Bugun martabali mehmonlar Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

 

Rasmiylarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi. Dastavval faxriy mehmonlarga bunyodkorlik loyihasi haqida batafsil malumot berildi. 100 gektar maydonda 10 ming o'rinli engil atletika va futbolga ixtisoslashgan asosiy stadion, 6 ta yopiq va 13 ta ochiq inshootlar barpo etilmoqda. Barcha obektlarga eng zamonaviy va ilg'or kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan qoplamalar yotqiziladi.

Husayn Al Musallam loyihaga yuqori baho berdi. Ayniqsa, unda suv sporti turlari, engil atletika va o'yin sport turlari uchun qurilayotgan arenalar katta qiziqish uyg'otdi. SHuningdek, velodrom loyihasi Osama Al SHafarning etiborini tortdi. Osiyo velosport konfederaciyasi rahbari Xalqaro velosportchilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lapartenga obekt haqida o'zining ajoyib taassupotlarini so'zlab berishini malum qildi. Zero, Markaziy Osiyoda Qozog'iston va Turkmanistonda velotrek inshootlari bo'lsa ham, Toshkentda qad rostlaydigan velodrom UCI tomonidan qo'yilgan eng so'nggi talablarning barchasiga javob bera olishi bilan ajralib turadi.

Mutasaddilar suhbat davomida arenalarda sinov musobaqalarini o'tkazish bo'yicha ham fikr almashdi. OOK Bosh direktori bu borada o'z tavsiyalarini bildirib, tashkilot hamisha yordamga tayyor ekanini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing