24 avg 09:27
Yangiliklar
Futbol
Masharipovning Misr grandidagi yillik maoshi va transfer tafsilotlari bo'yicha malumot berildi
Jaloliddin Masharipov faoliyatini Misrning “Al Ahli” klubida davom ettirishi deyarli oydinlashmoqda.
Misrlik jurnalist Omar Yassinning insaydiga ko'ra, Afrikaning eng sovrindor klubi o'zbekistonlik futbolchini 600 ming dollarga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda. To'la transfer esa 2 mln dollarga amalga oshadi. SHuningdek, 28 yoshli o'yinchi yangi jamoasida yiliga 1,5 mln dollar ishlab topishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, vinger 2021 yilning yanvarida “Paxtakor”dan “Al Nassr”ga o'tgandi. U ijara asosida malum vaqt “SHabab Al Ahli” (BAA)da to'p tepdi.
Havola :
Fikrlar