26 iyu 08:12
Yangiliklar

Masvidal Xabib bilan jang qilish istagini bildirdi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC jangchisi, reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Xorxe Masvidal engil vaznga tushish istagini bildirdi.
U engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko'tarilmoqchi. Lekin buning uchun UFC promousheni unga katta gonorar to'lashi kerak bo'ladi. Xorxe shu gapni alohida takidlab o'tdi.
"Agar tashkilot menga narximga yarasha gonorar to'lasa, men 100% engil vazn toifasiga tushib, divizion qiroliga qarshi oktagonga chiqishga tayyorman. Menga Nurmagomedovning faoliyati yoqadi. U o'z ishining utasi. "Vyzov" qabul qilishga shuning o'zi kifoya. Lekin UFC bu jangni tashkil etishi uchun yaxshigina mehnat qilishiga to'g'ri keladi", — dedi Masvidal.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar