19 noy 09:37
Yangiliklar
SHaxmat
Matonatli shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida 5 ta medalga ega chiqishdi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida para shaxmat bo'yicha o'tgan Osiyo chempionati o'zbekistonlik matonatli va irodali “aql gimnastikasi” sohiblari uchun omadli kechdi.
O'ndan ziyod mamlakatning 100 nafardan ziyod para shaxmatchilari qatnashgan bahslarda O'zbekiston terma jamoasining 8 nafar azosi turli yo'nalishlarda g'oliblik uchun dona surdi. Musobaqar sarhisobiga ko'ra, hamyurtlarimiz qita birinchiligida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Matonat sohibi bo'lgan shaxmatchilarimizdan Sirojiddin Zayniddinov o'z yo'nalishida oltin, Aynura Izentaeva va Sabohat Ikromalieva kumush, Ahadxon Kimsanboev va Bobur Do'stmurodov bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar