So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

22 may 10:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Maxachev Xabib singari faoliyatini yakunlaydimi? Islamning o'zi javob berdi

Teglar :  Islam MaxachevUFC
Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev Xabib Nurmagomedov singari faoliyatini yakunlashi mumkinmi degan savolga javob qaytardi.

Yodingizda bo'lsa, Xabib Nurmagomedov uchta chempionlik himoyasidan keyin professional faoliyatini yakunlagan va o'z qarorini onasining iltimosi bilan amalga oshganini izohlagandi. 

"Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylayotganim yo'q. Boisi, hali yakuniga etmagan ishlar bor. Men ikkinchi vazndagi chempionlik kamarini ham qo'lga kiritishni maqsad qilganman. Keyin shu kamarni himoya qilaman, shundan so'ng yana vaznimga qaytib, hozir qo'limda turgan chempionlik unvonini himoya qilmoqchiman. Hali o'zimni yaxshi xis qilyapman. Darajamdan pastga tushishni sezishim bilan faoliyatimni yakunlash haqida qaror qabul qilaman. Bundan havotir olmang. Hozircha g'alabalarga och va tashnaman", - dedi Maxachev. 

Malumot uchun, Islam Maxachev 2022 yilning oktyabr oyida engil vaznda vakant qolgan UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. O'shanda u ikkinchi raundda CHarlz Oliveyrani bo'g'ib qo'ygandi. SHundan keyin u ikki bor chempion Aleksandr Volkanovskini mag'lub etishni uddaladi. Uchinchi himoya jangi 1 iyun kuni AQSHning Nyuarkida tashkil etiladigan UFC 302 turnirida Dastina Porega qarshi bo'lib o'tadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing