07 sen 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachevning murabbiyi Islam qachon oktagonga qaytishini aytdi
Amerikalik tajribali murabbiy Xaver Mendes engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachevning qachon jang o'tkazishi haqida berilgan savolga javob berdi.
Avvalroq Islamning kamariga davogar Arman Carukyan Maxachev bilan jang dekabr oyida bo'lishi mumkinligini aytgan edi.
"Islamning davolanish jarayoni davom etmoqda. Men shuni kutyapman. Uning qo'li jarohatdan forig' bo'lib ulgurdi deb o'ylamayman. U hozir mashg'ulot o'tkazmayapti. SHulardan kelib chiqib aytishim mumkin, jang dekabr oyida o'tkazilmaydi. Katta ehtimol bilan u yanvar yoki fevralda oktagonga qaytadi", — dedi Mendes.
Eslatib o'tamiz, Maxachev 2 iyun tongida UFC 302 turniri doirasida amerikalik Dastin Poreni beshinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratib, engil vazndagi UFC chempionlik kamarini himoya qilgan edi. Bu Islamning uchinchi chempionlik himoya jangi edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar