03 sen 13:44
Yangiliklar
Maxachevning murabbiyi shogirdining oktagonga qaytish muddatini malum qildi
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, dog'istonlik chempion navbatdagi jangini 2026 yilning dekabr oyida o'tkazishi mumkinligini istisno qilmadi va raqib promoushen tomonidan belgilanishini takidladi.
— Islam Ramazongacha yana bir jang o'tkazishni xohlayotgani malum. Bu uning navbatdagi jangi shu yilning oxiridayoq bo'lib o'tishi mumkinligini anglatadimi?
— Dekabr oyidagi turnirdan boshlab hamma narsa bo'lishi mumkin — agar UFC dekabr oyiga sana taklif qilsa va Islam bunga rozi bo'lsa. SHu bilan birga, men raqib haqida gapirmayapman, chunki Maxachev unga taklif qilingan har qanday raqib bilan jang qiladi, — deya Mendesning so'zlarini keltiradi "Match TV".
Eslatib o'tamiz, 16 avgust kuni Maxachev Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirining asosiy jangida irlandiyalik Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi.

Fikrlar