01 may 15:04
Yangiliklar
May oyi uchun FIDE reytingi elon qilindi. TOP-100`talikda 3 grossmeysterimiz
Reytingni hamon norvegiyalik Magnus Karlsen (2853) boshqarib bormoqda. U o'tgan yili shaxmat tojidan o'zi xohishiga ko'ra voz kechgandi. Rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy ikkinchi o'rinni saqlab qolgan bo'lsa, yangi jahon toji sohibi Din Lijen kuchli uchlikka yakun yasagan. Xitoylik shaxmatchi jahon chempionligi uchun kechgan turnirda aynan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratib, 17-jahon chempioniga aylangan edi.
FIDE TOP-100 reytingidan 3 nafar o'zbekistonlik grossmeyster o'rin olgan. Rapid yo'nalishida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2731) 19-o'rinni egallab turibdi. Rustam Qosimjonov 68, Javohir Sindarov 82-pog'onadan joy olgan.
FIDE reytingi. 1 may kungi holat
1. Magnus Karlsen (Norvegiya) – 2853.
2. Yan Nepomnyashhiy (Rossiya) – 2794.
3. Din Lijen (Xitoy) – 2789.
4. Alireza Firudja (Franciya) – 2785.
5. Xikaru Nakamura (AQSH) – 2775.
6. Anish Giri (Niderlandiya) – 2768.
7. Fabiano Karuana (AQSH) – 2764.
8. Uesli So (AQSH) – 2760.
9. Vishvanatan Anand (Hindiston) – 2754.
10. Teymur Rajabov (Ozarbayjon) – 2747…
19. Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) – 2731...
68. Rustam Qosimjonov (O'zbekiston) – 2669...
82. Javohir Sindarov (O'zbekiston) – 2661.
Fikrlar