31 mar 08:50
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Aleksandr Zverev ikkinchi finalchi!
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lgan germaniyalik Aleksandr Zverev yarim final uchrashuvida ATP reytingida 19-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi bahs olib bordi.
Bir soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev raqibini 7:6(4), 6:2 hisobida mag'lub etdi. Sasha 10ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi germaniyalik tennischi bosh mukofot uchun uchrashuvda amerikalik Jon Iznerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar