28 mar 09:41
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Berdixning kutilmagan mag'lubiyati
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'zining qizg'in palasiga kirib boryapti.
Dunyoning o'n uchinchi raketkasi bo'lgan Tomash Berdix kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi. CHexiyalik tennischi dunyoning 63-raketkasi amerikalik Frensis Tiafoga yutqazib qo'ydi.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan uchrashuvda Tiafo nomdor raqibini 6:7(2), 6:2, 7:6(1) hisobida dog'da qoldirdi. Endi Tiafo navbatdagi bosqichda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar