31 mar 08:19
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Del Potro finalga chiqa olmadi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
G'oliblik uchun asosiy davogar sanalgan dunyoning oltinchi raketkasi Xuan Martin Del Potro yarim final uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Argentinalik 29 yoshli tennischi amerikalik Jon Iznerga yutqazib qo'ydi.
ATP reytingida 17-o'rinni egallab turgan Izner 1 soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda kuchli raqibini 6:1, 7:6(2) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 32 yoshli Izner uchrashuv davomida 13ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi u bosh mukofot uchun kechadigan uchrashuvda germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar