26 mar 10:19
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/35855_220.jpg)
Mayami (ATP): Del Potro Nishikorini to'xtatdi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'zining qizg'in palasiga kirib boryapti.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lgan Xuan Martin Del Potro uchinchi davra uchrashuvida yaponiyalik Kei Nishikorini to'xtatib qolishga erishdi. Argentinalik tennischi 1 soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda 6:2, 6:2 hisobida zafar quchdi.
29 yoshli Xuan Martin uchrashuv davomida 6ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi u nimchorak final bahsida serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar