28 mar 08:22
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Del Potroni kim to'xtatadi?
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'zining qizg'in palasiga kirib boryapti.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lgan Xuan Martin Del Potro nimchorak final uchrashuvida ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi. Argentinalik 29 yoshli tennischi bu safar serbiyalik Filip Krayinovichni musobaqadan chiqarib yubordi.
Bir soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Potro 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi. Xuan Martin uchrashuv davomida 7ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi u chorak finalda kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar