30 mar 12:20
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Dunyoning sakkizinchi raketkasi ishtirokini yakunladi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lgan Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Anderson musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi. U chorak final uchrashuvida ATP reytingida 19-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi bahs olib bordi.
Ikki soatu 42 daqiqa davom etgan uchrashuvda Busta reytingda o'zidan yuqoriroqda turgan raqibini 6:4, 5:7, 7:6 (6) hisobida mag'lub etdi. Endi ispan tennischisi yarim final chiptasi uchun kechadigan bahsda germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar