31 mar 08:20
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATR): Federer va Kiros yarim finalda!
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli tennis turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasin 7 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida yarim finalchilar nomi malum bo'ldi.
G'oliblik uchun asosiy davogarlardan biri shveycariyalik Rojer Federer chexiyalik Tomash Berdixni 6:2, 3:6, 7:6, tay-brekda 8:6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning final ostonasidagi raqibi Nik Kiros bo'ladi.
Avstraliyalik tennischi chorak final bahsida germaniyalik Aleksandr Zverevdan 6:4, 6:7, 6:3 hisobida ustun keldi.
CHorak final:
Rojer Federer (SHveycariya, 4) – Tomash Berdix (CHexiya, 10) – 6:2, 3:6, 7:6(8:6)
Nik Kiros (Avstraliya, 12) – Aleksandr Zverev (Germaniya, 16) – 6:4, 6:7(9:11), 6:3
Havola :
Fikrlar