22 mar 08:45
Yangiliklar
Tennis

Mayami "Masters". Istomin ertaga boshlaydi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz musobaqaning asosiy to'r bahslari ilk davrasida rossiyalik Andrey Kuznecovga qarshi kortga chiqadi. Istomin dunyo reytingida 70-o'rinni egallab turibdi. 28 yoshli Kuznecov esa 68-pog'onadan joy olgan.
Tennischilar bugungacha o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishgan. Ularning har ikkisida ham Istominning qo'li baland kelgan. Istomin - Kuznecov uchrashuvi ertaga bizning vaqt bilan taxminan soat 20:30 da boshlanadi.
Mazkur bahs g'olibi ikkinchi davrada xorvatiyalik Ivo Karlovichga qarshi kortga chiqadi. Karlovich turnirning 17-raqamli tennischisi sifatida saralangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar