24 mar 12:26
Yangiliklar
Tennis

Mayami “Masters”. Jokovich 11 yilda ilk bor ketma-ket 3ta bahsda mag'lub bo'ldi
AQSHning Mayami shahrida Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli tennisi turniri davom etmoqda.
Dunyoning 12-raketkasi Novak Jokovich ilk uchrashuvidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Dunyoning sobiq birinchi raketkasi franciyalik Benua Perga yutqazib qo'ydi. Bir soatu 7 daqiqa davom etgan bahsda Per serbiyalik nomdor raqibini 6:3, 6:4 hisobida engdi.
Etiborlisi, Novak Jokovich so'nggi 11 yil ichida ilk bor ketma-ket 3ta uchrashuvda raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Benua Per ATP reytingida 47-o'rinni egallab turibdi. Endi u serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar