18 mar 07:48
Yangiliklar
Tennis
Mayami turniri asosiy to'rida 14 yoshli tennischi kortga chiqadi
Bugun AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha “Premer” toifasiga kiruvchi turnir boshlanadi.
Etiborlisi, 18-31 mart kunlari oralig'ida o'tkaziluvchi ushbu musobaqaning asosiy to'rida amerikalik 14 yoshli Kori Goff ham o'ynaydi. Turnir tashkilotchilari Goffga wild card, yani imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi.
Koridan tashqari Miami musobaqasining asosiy to'rida amerikaliklar - Keti Makneyli, Uitni Osigve, yaponiyalik Mari Osaka, serbiyalik Olga Danilovich, xitoylik Syu Van hamda rossiyalik Natalya Vixlyanceva ham imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar