25 mar 09:27
Yangiliklar
Tennis

Mayami (WTA): Azarenkoning yurishi davom etadi
AQSHning Mayami shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir davom etmoqda.
Miami Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil qiladi. Katta tanaffusdan so'ng yana katta tennisga qaytgan dunyoning sobiq birinchi raketkasi Viktoriya Azarenko g'olibona yurishini davom ettiryapti.
Bu safar Azarenko uchinchi davra uchrashuvida latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi kortga chiqdi va 2 soatu 9 daqiqa cho'zilgan uchrashuvda raqibasini 3:6, 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Viktoriya dunyo reytingida 186, Sevastova esa 17-o'rinni egallab turibdi. Endi Azarenko polshalik Agneshka Radvanskaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar