31 mar 07:45
Yangiliklar
Tennis

Mayami (WTA): Karolin Karolinani engib, ilk finalchiga aylandi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli tennis turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi Miami Open-2017 musobaqasining xotin-qiz tennischilar bahsida ilk finalchining nomi malum bo'ldi.
Kutilmaganda turnirning ikkinchi raketkasi chexiyalik Karolina Plishkova daniyalik Karolina Voznyackiga 7:5, 1:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Voznyackining finaldagi raqibasi birozdan so'ng aniqlanadi. Ayni daqiqalarda ikkinchi yarim final juftligida amerikalik Vinus Uilyams britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqqan.
Miami Open-2017. 1/2 final
Karolin Voznyacki (Daniya, 12) – Karolina Plishkova (CHexiya, 2) – 5:7, 6:1, 6:1
Havola :
Fikrlar