02 apr 09:10
Yangiliklar
Tennis

Mayami (WTA): Konta – turnir g'olibasi va 1,175,505 dollar egasi!
AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqaning xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslari yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Yoxanna Konta daniyalik Karolin Voznyackiga qarshi kortga chiqdi.
“Mayami Open” turnirida o'ninchi raqam ostida tasniflangan Konta 12-raqam ostida harakat qilgan daniyalik tennischini 6:4, 6:3 hisobida taslim etib, bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyat dunyoning 11-raketkasiga 1 million 175 ming 505 AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg'armasi hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Final
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 10) – Karolin Voznyacki (Daniya, 12) - 6:4, 6:3
Havola :
Fikrlar