30 mar 11:01
Yangiliklar
Tennis

Mayami (WTA): Latviyalik tennischi finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda AQSHning Mayami shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir davom etmoqda.
Miami Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil qiladi. Bundan bir necha daqiqa avval yarim finalning ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda latviyalik tennischi g'alaba qozonib, final ishtirokchisiga aylandi.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lgan Elena Ostapenko WTA reytingida 93-o'rinni egallab turgan amerikalik Daniel Kollinzni 7:6(1), 6:3 hisobida mag'lub etdi. Endi Ostapenko bosh mukofot uchun bahsda dunyoning 12-raketkasi bo'lgan Sloan Stivensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar