01 apr 08:47
Yangiliklar
Tennis

Mayami (WTA): Stivens bosh mukofot sohibasiga aylandi
AQSHning Mayami shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.
Miami Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil qildi. Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi bo'lgan Elena Ostapenko WTA reytingida 12-o'rinni egallab turgan amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuv biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Bir soatu 32 daqiqa davom etgan bahsda 25 yoshli Stivens raqibasini 7:6(5), 6:1 hisobida zafar quchib, bosh mukofot sohibasiga aylandi. Bu ikki tennischining o'zaro ilk uchrashuvi edi.
Havola :
Fikrlar