31 mar 10:10
Yangiliklar

Mayami (WTA): Vinus Uilyams final ostonasida to'xtatildi
Sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi Miami Open-2017 musobaqasining xotin-qiz tennischilar bahsida ikkinchi finalchining nomi ham malum bo'ldi.
Amerikalik Vinus Uilyams qiziqarli kechgan uchrashuvda britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda turnirda 10-raqam ostida tasniflangan Konta 6:4, 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Kontaning bosh mukofot uchun bahsdagi raqibasi Karolin Voznyacki bo'ladi. Daniyalik tennischi yarim finada turnirning ikkinchi raketkasi chexiyalik Karolina Plishkovani 5:7, 6:1, 6:1 hisobida mag'lub etgandi.
1/2 final
Vinus Uilyams (AQSH, 11) – Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 10) – 6:4, 7:5
Karolin Voznyacki (Daniya, 12) – Karolina Plishkova (CHexiya, 2) – 5:7, 6:1, 6:1
Fikrlar