30 mar 08:09
Yangiliklar
Tennis

Mayami (WTA): Xalep va Kerberning kutilmagan mag'lubiyati
AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi Miami Open-2017 turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasin 7 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarida yarim finalchilar nomi malum bo'ldi.
Biroz kutilmaganda musobaqaning birinchi raketkasi germaniyalik Anjelik Kerber amerikalik Vinus Uilyamsga 5:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikkinchi chorak final juftligida ham kutilmagan natija qayd etildi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan ruminiyalik Simona Xalep britaniyalik Yoxanna Kontaga yutqazib qo'ydi.
1/4 final:
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 10) – Simona Xalep (Ruminiya, 3) – 3:6, 7:6 (7), 6:2
Vinus Uilyams (AQSH, 11) – Anjelik Kerber (Germaniya, 1) – 7:5, 6:3
Havola :
Fikrlar