04 noy 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson: "Men shou ko'rsatish uchun keldim"
Amerikalik sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson bloger-bokschi Jeyk Pol bilan bo'lajak jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Pol yaxshi jangchi. Ammo u yosh. U endigina 10 ta jang o'tkazdi. Bizning tilimizda ular havaskorlar deyiladi. U qanday boks tushadi? Ishonchim komil, u ring bo'ylab yugurib yuradi. Men uni tutib, nokautga uchratishim kerak.
Pol ustidan qozonilgan g'alaba mening professional darajadagi eng yaxshi g'alabalarim reytingiga kirmasligi aniq. Men shou ko'rsatish uchun keldim", dedi Tayson.
Pol va Tayson o'rtasidagi boks jangi 16 noyabr kuni AQSHning Arlington shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar