16 avg 17:30
Yangiliklar
Mayk Tayson Vladimir Klichko haqidagi fikrini bildirib o'tdi
Afsonaviy Mayk Tayson faoliyatini yakunlagan ukrainalik bokschi Vladimir Klichko haqida gapirib o'tdi.
"Xar qanday holatda ham Vladimir Klichko barcha davrlarning eng kuchli 10 nafar bokschisi ichiga kiradi. U chempionlik kamarini ushlab turish bo'yicha Jo Luisning rekordini yangilashiga oz qoldi.
Odamlar oq tanli superog'ir vaznli bokschi mana shunday muvaffaqiyatlarga erishishi haqida o'ylab ham ko'rmagandilar. O'zaro jangda men Vladimirni ochkolar hisobiga mag'lub etgan bo'lardim", - deydi Tayson.
Havola :
Manba : Sport1
Fikrlar