So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

08 sen 11:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Maykl Peyj bo'yicha UFC o'z qarorini elon qildi

SHanba oqshomida Parij turnirida Nursulton Ro'ziboevga qarshi oktagonga ko'tarilgan angliyalik 39 yoshli aralash yakkakurash ustasi UFC bilan shartnomasidagi so'nggi jangini o'tkazgan va o'z g'alabasidan keyin Liga shartnomani uzaytirishiga umid qilayotgan edi.

SHarhlovchi Jon Morganning xabar berishicha, UFC reytinglarini tuzishda ishtirok etuvchi jurnalistlarga Peyjni ro'yxatdan chiqarilgani haqida bildirishnoma kelgan. "Hurmatli ekspertlar kengashi azolari! Maykl Peyj hozirgi vaqtdan boshlab reytingdan chiqarildi. Agar siz uni o'rta vazn toifasidagi reytingingizga kiritgan bo'lsangiz, iltimos, ushbu vazndagi reytingni 15 nafar sportchidan iborat bo'lishi uchun o'zgartiring", — deyiladi bildirishnomada.

Ro'ziboevga qarshi kechgan o'ta sust jangdan keyingi intervyuda Maykl o'z chiqishini eng yaxshi darajada bo'lmaganini tan olgan, biroq UFC u bilan yangi shartnoma imzolashiga umid bildirgandi.

"Men UFC vakillari bilan o'tirib, ular bilan ochiq gaplashib olaman, — deb vada berdi Peyj. — Ularga shunday deyman: “Eshiting, men undan ham yaxshiroq jang qila olishimni tushunib turibman. Va men yaxshiroq bo'lishni xohlayman. Menga kuchliroq raqiblar bering, men muxlislarga yoqadigan jang ko'rsata olishimga ishonaman”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing