07 sen 15:53
Yangiliklar
Maykl Peyj: "Ha, zerikarli jangchiman"
UFC statistikasi malumotlariga ko'ra, Peyj Nursultonga qarshi kechgan uch raundlik jang davomida bor-yo'g'i 28 ta zarba yo'llagan, ulardan 12 tasi nishonga tekkan. Avvalgi jangida u 29 ta zarba bergandi va o'shanda UFC rahbari Dana Uayt uni zerikarli chiqishi uchun tanqid qilgan edi.
"Meni zerikarli jangchi deyishyapti. Ha, shundayman, lekin shu holatda ham aniq harakatlarim evaziga g'alaba qozonyapman. Men UFC vakillari bilan o'tirib, ular bilan ochiq gaplashib olaman, — dedi Peyj. — Ularga shunday deyman: “Eshitinglar, men undan ham yaxshiroq jang qila olishimni tushunib turibman. Va men yaxshiroq bo'lishni xohlayman. Menga kuchliroq raqiblar beringlar, men ommani xursand qiladigan jang ko'rsata olishimga ishonaman”.

Fikrlar