So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

07 sen 17:57
Yangiliklar

Boks/MMA

Maykl Peyj: "Menga kuchliroq raqiblar bering!"

Nursulton Ro'ziboevga qarshi jangda muxlislarga unutilmas chiqish vada qilgan Maykl Peyj hakamlarning bahsli qarori bilan erishgan navbatdagi zerikarli g'alabasidan unchalik mamnun emas.

"Eng yoqimsiz tomoni shundaki, g'alaba qozonganim uchun o'zimni alo darajada his qilyapman. Bazida etarlicha harakat qilmayman va natija ham shuni ko'rsatib turibdi. Balki, o'zimni biroz ko'proq majburlashim, ko'proq tavakkal qilishim kerakdir. Bazida hamma narsa juda toza, juda aniq bo'lishini xohlayman.

Men shunchaki bundan ham ko'proq narsaga qodir ekanimni bilaman va oktagonga chiqqanimda o'zimni tiyib turgandek his qilishim meni g'azablantiradi. Men ko'proq narsa berishni xohlayman. Muxlislar bunga loyiq, UFC bunga loyiq. Men bundan ham ko'proq narsaga qodir ekanimni bilaman. Va nazarimda, bunga juda yaqinman.

Uslubimni biroz o'zgartirishimga to'g'ri keladi. Balki, raqiblarim oldinga chiqishlari uchun qulayroq bo'ladigan qilib moslashtirish kerakdir. Ehtimol, bu meni biroz kamroq xavfli qiladi, lekin ish hajmi evaziga baribir o'z maqsadimga erishaman. Yana boshidan boshlash kerak. Aniq javobni bilmayman. Hammasini qayta ko'rib chiqish, sparringlarda sinab ko'rish va nima bo'lishini kuzatish kerak", — dedi britaniyalik jangdan keyingi intervyusida.

Ushbu g'alaba bilan Peyj tashkilot bilan tuzgan amaldagi shartnomasidagi so'nggi jangini o'tkazdi. U endi liga bilan kelishuvni uzaytirishga erishishiga umid qilmoqda.

"Men UFC vakillari bilan o'tirib, ochiqchasiga gaplashib olaman. Eshitib qo'ying, men bundan ham yaxshiroq jang qila olishimni bilaman. Men yaxshiroq bo'lishga intilyapman. Menga kuchliroq raqiblar bering va ishoning, men omma oldida o'zgacha narsani ko'rsata olaman", — deya qo'shimcha qildi Peyj.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing