14 okt 12:09
Yangiliklar
Maykl Peyj: "Misfits Boxing`da UFC`dagi butun faoliyatimdagidan ko'proq pul ishlayman"
Buning ustiga u kamroq jang o'tkazadi. UFC sentyabr oyida hamyurtimiz Nurulton Ro'ziboev ustidan qozongan g'alabasidan so'ng Peyj bilan xayrlashdi. Bir nechta promoushenlar bilan muzokaralar olib borganidan so'ng, u Misfits Boxing taklifini qabul qildi.
"Men UFC`dan ketdim va kamroq vaqt ichida ko'proq, taxminan ikki baravar ko'proq pul ishlayman", — dedi Peyj Yahoo nashriga bergan intervyusida, biroq aniq summalarni ochiqlamadi. — "Bu uchta jang uchun mo'ljallangan shartnoma va shu uchta jangga men UFC`dagi butun shartnomam davomida olganimdan ko'proq pul ishlab topaman. Bu juda yoqimli. Faoliyatim davomida ko'p mehnat qildim va bunga loyiqman deb hisoblayman, shuning uchun hozirgi mavqeimdan minnatdorman".
Peyj UFC`da 2024 yilda chiqish qila boshlagan va oltita jang o'tkazib, beshtasida g'alaba qozongan. Jangchining so'zlariga ko'ra, UFC rahbariyati uning ijodkorligini cheklab qo'ygan va unga qiziqarliroq janglarni taklif qilmagan.
"Mening nazarimda, bu sharmandalik. Menimcha, UFC jangchilar uchun ancha ko'proq ish qilishi mumkin edi", — deb takidladi Peyj. — "Qanday bo'lmasin, sizga yoqadimi yoki yo'qmi, ular aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha eng yirik liga hisoblanadi. Ularni qadrlash kerak, u erda juda iqtidorli jangchilar bor".

Fikrlar