So’nggi yangiliklar

12:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 12:09Майкл Пейж: "Misfits Boxing`да UFC`даги бутун фаолиятимдагидан кўпроқ пул ишлайман" 0 11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:07Уайт Стриклендга жавоб қайтарди: "У яқинда янги шартнома имзолади" 0 10:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Садд"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Шабаб Ал Аҳли"га ютқазди + ВИДЕО 0 10:05Сауль Альварес бугуннинг энг кучли беш нафар жангчисини айтди 0 09:34Тим Цзюнинг кейинги рақиби маълум бўлди 0 09:03Мурадовга илк мағлубиятни тақдим этган Мёршарт фаолиятини якунлади 0 08:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Галатасарой"ни мағлуб этди, МЮ ва "Интер"да мағлубият, "Бавария"да дуранг + ВИДЕО 0 08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

07 sen 08:08
Yangiliklar

Boks/MMA

Maykl Peyj Nursulton Ro'ziboevga qarshi jangdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Angliyalik 39 yoshli Bellator sobiq chempioni Maykl Peyj (26-3) shanba kuni UFC bilan amaldagi shartnomasi doirasidagi so'nggi jangini o'tkazdi.

U hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi va bu uning dunyoning eng kuchli ligasida o'tkazgan oltita jangidagi beshinchi g'alabasi bo'ldi. Biroq, ijobiy natijaga qaramay, u o'z chiqishini unchalik yaxshi bo'lmaganini tan oladi va janglarning tomoshabop emasligi sababli UFC u bilan shartnomani uzaytirmasligidan xavotirda.

"O'zimni juda yaxshi his qilyapman, bu esa bazida bor kuchim bilan harakat qilmaganimni anglatishi mumkin va natijalar ham aynan shunday ekanligini tasdiqlamoqda, — dedi Peyj jangdan keyingi intervyuda. — Balki, men ko'proq kuch sarflashim va biroz ko'proq tavakkal qilishim kerak edi. Bazida juda toza, juda aniq harakat qilishni xohlayman... Oktagonga chiqqanimda, o'zimni tiyib turgandek his qilaman. Bor kuchim bilan jang qilishni istayman.

Hech bir raqib men bilan tenglasha olmaydi. Ammo, boshqa tomondan, ko'pchilik men bilan jangda omon qolishi mumkin. Muammo shunda, buni o'zgartirish kerak. Faolroq bo'lish va aytganimdek, biroz ko'proq tavakkal qilishim kerak. Hatto biroz emas, ancha ko'proq".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing