27 avg 09:54
Yangiliklar
MBA uch uchrashuvni o'yinchilarning "boykot"i sabab bekor qildi
Milliy basketbol associaciyasi (MBA) pley-off bosqichi birinchi bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlarni nomalum muddatga qoldirdi. "Miluoki" basketbolchilari "Orlando"ga qarshi pley-off seriyasidagi beshinchi o'yinda parketga chiqmaslikka qaror qilishgan.
Bunga "bakslar" policiya tomonidan afroamerikalik aholi qatlamiga bo'layotgan munosabat, zug'umni sabab sifatida keltirishgan. O'yinchilar Kenosh shahrida ro'y bergan voqea - urushayotgan ikki ayolni ajratish uchun chog'langan Jeykob Bleykka o'q uzilgani va uning hozirda kasalxonaning jonlantirish bo'limida yotganini hazm qila olishmayapti.
Milliy Basketbol associaciyasi "Miluoki" - "Orlando" uchrashuvidan tashqari, "Xyuston" - "Oklaxoma" hamda "Leykers" - "Portlend" o'yinlarini ham bekor qildi. Bu o'yinlarning yangi sanalari keyinroq elon qilinadi.
Fikrlar